Yevropa Parlamenti arman targ'ibotini qo'llab-quvvatladi

Turkiya o’z javobida “Matnni qabul qilganlarni nazarga ilmaymiz” dedi.

237953
Yevropa Parlamenti arman targ'ibotini qo'llab-quvvatladi

Yevropa Parlamentining 1915-yilgi voqealar haqidagi arman da’volarini qo’llab-quvvatlagan va Turkiyani, armanlarga qaratilgan genotsid jinoyatini qabul qilishga undagan qonun loyihasini ko’pchilik ovoz bilan qabul qilishi ortidan Turkiya tezlik bilan javob berdi.

Turkiya o’z javobida “Matnni qabul qilganlarni nazarga ilmaymiz” dedi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan izohatda Turkiya-Yevropa İttifoqi munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishni xohlaganlar bilan Yevropa Parlamentining takror tarix yozish ishiga havaslanganligiga e’tibor qaratildi.

“Bu havas 2015-yilning 15-apreli kuni turk millatiga qaratilgan arman targ’ibotini takrorlagan gulguli bir matndan iboratdir” deyilgan izohatda :

“Yevropa Parlamenti qabul qilgan ushbu qarori orqali o’z vaqtida xalqaro huquqga to’g’ri kelmagan va o’z javobgarchiligidan tashqari amalga oshirilgan hatoni takrorladi. Tarixni va huquqni paymol etgan ushbu matnni qabul qilganlarni nazarga ilmaymiz” dedi.

İzohatda,

“Har jihatdan bunday nomuvofiq tarzdagi matnga kamdan-kam duch kelamiz. Ushbu matnni atalgan muassasaga, kelajakda yodga olinishni xohlamagan hujjatlari orasida o’rin olishi uchun o’zlariga qaytaramiz” deyildi.

Yevropa İttifoqining asosiy qoidalari eslatilgan izohatda, qarorni qo’llab-quvvatlagan siyosatchilarga, nafrat, gina va to’qnashuv madaniyati bilan oziqlanganlarga amalga oshirgan hamkorlikda muvaffaqiyat tilandi.

Yevropa Parlamentining bir tomonli yondoshishining Turkiyaning Yevropa İttifoqi bilan bo’lgan munosabatiga ziyon yetkazganligiga e’tibor qaratgan izohatda buning Turkiya bilan Armaniston ortasidagi masalaga yechim olib kelishdan uzoq qo’lganligi ta’kidlandi.

Qarorning faqatgina savodsizlik bilan izoh etilolmasligini, ortida, diniy va madaniy yovuzlik borligi belgilangan izohatda “Yevropa Parlamenti Yevropa xalqalari ortasida mushtarak kelajak insho etishni xohlasa unda buning farqli din madaniyatlarni yakkalash yo’li bilan amalga oshirish mumkin emasligini bilishi kerak” ifodasi o’rin oldi.

İzohatda 1915-yilgi voqealar haqida Turkiyaning oxirgi yillarda xotira topshirig’ini loyiq shaklda amalga oshirganligining, Armanistonning esa qisqa muddat ichida bunday yetuklik saviyasiga yetishishi umit qilinganligi qayd qilindi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan izohatda Yevropa Parlamenti a’zolarining 1915-yilgi masalalar bilan band bo’lish o’rniga o’z tarixlari bilan yuzlashishlari yana da foydaliroq bo’lishiga e’tibor qaratildi.

Yevropa İttifoqi vaziri va Bosh muzokarachi Volkan Bozqir ham atalgan qarorning Turkiya va turk xalqi uchun hukumsiz ekanligini aytib o’tdi. Janob Bozqir, Yevropa Parlamentining ushbu qaror orqali tarixni siyosatga aralashtirganligini belgilab, “1915-yilgi voqealarni genotsid deb atashlik faqatgina quruq tuxmatdir” dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar