Ispaniyaga sayohat qilgan turk o'quvchilardan noxush xabar keldi

Malaga shahridagi Marbella dam olish maskaniga borgan turk o’quvchilardan Shakir Chelik va Serdar Fidan bilan o’qituvchisi Umit Nalbant dengizda bo’g’ilib jon berdi.

235905
Ispaniyaga sayohat qilgan turk o'quvchilardan noxush xabar keldi

Chanakkalening Gelibolu tumanida joylashgan “Anafartalar” nomidagi xususiy kasb-xunar litseyidan xalqaro loyiha asosida Ispaniyaga jo’natilgan 10 o’quvchi bilan 2 o’qituvchidan noxush xabar keldi.
Malaga shahridagi Marbella dam olish maskaniga borgan turk o’quvchilardan Shakir Chelik va Serdar Fidan bilan o’qituvchisi Umit Nalbant dengizda bo’g’ilib jon berdi.
Kasalxonaga yotkizilgan bir o’quvchining ahvoli og’ir.
Marbella xokimiyati ushbu noxush voqeadan so’ng, shaharda 3 kunlik motam e’lon qildi.
Endulus xokimiyati ish yuzasidan tergov yuritmoqda.
Ispaniya matbuoti plyajda qutqaruvchi mutahassisning yo’qligi va dengizning necha metr chuqurlikda ekani yozilgan lavhaning osilmaganiga e’tibor qaratdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar