Prezident Erdog'an: "Demokratiya oddiy sistema emasdir".

Prezident Erdog’an kecha yuz bergan xoin hujum sababli Ruminiya ziyoratini qisqartib kech soatlarda Turkiyaga qaytadi.

291287
Prezident Erdog'an: "Demokratiya oddiy sistema emasdir".

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an rasmiy ziyorat bilan Ruminiyaga jo’nab ketgan edi. U yerda Prezidentlik Saroyida Ruminiya Prezidenti Klaus Iohannis tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

İkki prezident uchrashuvlari ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Ushbu anjumanni İstanbulda garovga olinib ortidan shahid bo’lgan prokuror Selim Kirazning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshlagan Prezident Erdog’an Turkiyaga qaytar qaytmaz Kirazning oilasini ziyorat qilajagini bildirdi.

Erdog’an so’zlarini;

-“Demokratiya bunday hujumlarga duch kelganida qulaydigan darajada oddiy sistema emasdir. Demokratiyaga ishonganlar ham bunday terroristlarga qarshi bir bo’lishlari kerakligiga ishonaman” deya davom ettirdi.

Shu bilan birga Prezident Erdog’an kecha yuz bergan xoin hujum sababli Ruminiya ziyoratini qisqartib kech soatlarda Turkiyaga qaytadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar