Parlament spikeri Jemil Chichekning AQSh ziyorati

Janob Chichek AQSh ziyorati chog'ida Turkiya-AQSh munosabatlari bilan birga 1915-yilgi voqealarga to'xtaldi.

282134
Parlament spikeri Jemil Chichekning AQSh ziyorati

Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Jemil Chichek rasmiy ziyorat uchun Washingtonda ekan uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Janob Chichek AQSh Senatining Prezidenti Orrin Hatch va Vakillar Palatasi Prezidenti John Boehner bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda 1915-yilgi voqealar va Turkiya-AQSh munosabatlari bilan birga mintaqaviy masalalar qo’lga olindi.

Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar baholanar ekan Janob Chichek atalgan mintaqada tinchlikni ta’minlash uchun Suriya va Iroqni ham asos olgan ijobiy natija berguvchi politikaga ehtiyoj borligini aytdi.

Chichek Amerika Turk koalitsiyasi Prezidenti Lincoln McCurdy va Turk-Amerika ishbilarmonlari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvlari chog’ida 1915-yilgi voqealarga to’xtalgan Jemil Chichek AQSh rahbariyatining, arman diasporasining qoralash kompaniyasiga e’tibor bermasliklari kerakligini aytdi.

İkki davlat ortasidagi tijoriy raqamlarga ham to’xtalgan Chichek qariyb 20 milliard dollarlik tijorat hajmining yetarli emasligini ta’kidladi. Shuningdek ishbilarmonlarni Turkiyada, yuqori texnologiyaga asoslangan investitsiyalarni amalga oshirishga undadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar