Turkiya aholisining 8 foizi keksalardan iborat

O’tgan yili jahon aholisining 8.3 foizi keksalardan iborat edi.

270962
Turkiya aholisining 8 foizi keksalardan iborat

Turkiya Statistika tashkiloti (TUİK) 2014-yil holatiga ko’ra “Keksa yoshdagi aholi soni” to’g’risidagi hisobatni e’lon qildi.

Ushbu hisobatga ko’ra, Turkiya aholisining 8 foizi keksalardan iborat. Bunga aniqlik kiritgudek bolsak Turkiyada, 65 va undan katta yoshdagi keksalarning soni 6 million 192 ming 962 kishi.

Keksa yoshlardagi aholining 43.6 foizini erkaklar, 56.4 foizini esa ayollar tashkil etadi.

Turkiya eng keksa yoshlardagi aholi soni bo’yicha jahonning 228 davlati ichida 94-o’rinni egalladi.

Keksa yoshdagi aholi soni bo’yicha Monako (29.5 foiz) birinchi o’rinda, Yaponiya (25.8 foiz) ikkinchi o’rinda va Germaniya (21.1 foiz) uchunchi o’rinni egalladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar