Davlat arboblari Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi arafasida

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an:“Chanoqqal'a g’alabasi aziz millatimizning mustaqilligi, sharafi va vatani uchun jonini fido qilgan shonli zafardir”

270432
Davlat arboblari Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi arafasida

Turkiya davlat arboblari 18 mart Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi munosabati bilan tabrik yo’lladi.
Jumladan, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, “Chanoqqal'a g’alabasi aziz millatimizning mustaqilligi, sharafi va vatani uchun jonini fido qilgan shonli zafardir”-dedi.
Bosh vazir Ahmet Davutog’lu Ak partiya yig’ilishida Chanoqqal'a dostoniga to’xtaldi.
Davutog’lu, “Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligida shahidlarni yodga olamiz. Ularning bizga qoldirgan me’rosini ko’z qorachig’imizdek asrash eng katta mas’uliyatdir”-dedi.
Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’lu mustaqillik va erkinlikning ramzi, shahid va veteranlarning omonati bo’lgan bu vatanni ko’z qorachig’idek asrab avaylash asosiy mas’uliyat ekanini aytib o’tdi.
Harbiy Bosh shtab rahbari general Nejdet O’zel, “Juda ko’p shahidning qoni to’kilgan Chanoqqal'a jangi va qo’lga kiritilgan g’alabadan ulug’ millatimizning har bir fuqarosi ibrat olishi zarur. Ushbu g’alaba porloq kelajakning ramzidir”-dedi.
Angliyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Richard Moore ham kutilmaganda shahsiy twitter hisobidan “Barcha turk do’stlarimni Chanoqqal'a g’alabasining 100 yilligi va shahidlarni xotirlash kuni munosabati bilan tabriklayman. Chanoqqal'ada tomonlar qahramonlarcha jang qildi, lekin g’alaba qilgan tomon turklar bo’ldi. Chanoqqal'a olinmas…”-deya tabrik yo’lladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar