Turkiyada yetishtirilgan urug’ jahon standartlariga teng...

Turkiya Urug’chilik xo’jaligi rahbari Yildiray Gencherning aytishicha, Turkiya hozirda 70dan ziyod davlatga 150 million dollar qiymatida oliy navli urug’ eksport qilganini bildirdi.

265697

Yildiray Gencher: “Turkiyada yetishtirilgan urug’ jahon standartlariga teng”-dedi.
Turkiyada yetishtirilgan urug’larning sifati yuqori ekani va oliy navli ekani sababli ko’plab xorijiy davlatlardan talab kelganini tilga olgan Gencher, kelgusi yillarda urug’chilikni yana ham takomillashtirish maqsad qilinganini bildirdi.
Turkiyada yilda tahminan 776 ming tonna sertifikatlangan urug’ yetishtirilganini aytib o’tgan Gencher, “10 yil oldin bu raqam 145 tonna atrofida edi. İshlab chiqarishdagi ustun g’ayratlarimiz natijasida eksportimiz 8 barobar ortish ko’rsatdi”-dedi.
Urug’chilik xo’jaligi sifatida 2023 yilgacha o’z oldiga qo’ygan maqsadlarni sanab o’tgan Gencher, “Respublikamizning 100 yilligi arafasida 1 million tonnadan ziyod sertifikatlangan urug’ yetishtirishni maqsad qilyabmiz. 150 million dollarni tashkil qilgan eksportimizni esa, 500 million dollarga chiqarishni ko’zlayabmiz”-dedi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar