Prezident Erdog’an, Ukrainani ziyorat qiladi

Prezident Erdog’an, ziyorat doirasida, Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko va Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan uchrashadi.

266820
Prezident Erdog’an, Ukrainani ziyorat qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiya-Ukraina Oliy darajali hamkorlik kengashining to’rtinchi yig’ilishi munosabati bilan 20-mart kuni rasmiy safar bilan Ukrainaga jo’nab ketadi.

Turkiya Respublikasi Prezidentining matbuot va axborot agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha yig’ilishda har ikki davlatdan vazirlar ishtirok etar ekan kun tartibidagi mavzular, o’zaro va mintaqaviy mavzular qo’lga olinadi.

Yig’ilish Turkiyaning Ukraina bilan bog’liq strategik hamkorlik jihatdagi aloqalariga yangi turtki berishiga imkon yaratadi.

Prezident Erdog’an, ziyorat doirasida, Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko va Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk bilan uchrashadi.

İnvestitsiyalar orqali ikki davlat ortasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmining o’sishiga va o’zaro munosabatlarning rivojlanishiga muhim hissa qo’shadigan turk va ukraina ishbilarmonlari bilan ham uchrashadigan Prezident Erdog’anning Qrim tatarlarining Kiyevdagi vakillarini ham qabul qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar