Mevlut Chavusho’g’li, Maltani ziyorat qiladi

Malta ziyorati, Chavusho’g’lining Tashqi ishlar vaziri sifatida ilk ziyorati bo'lib hisoblanadi...

252725
Mevlut Chavusho’g’li, Maltani ziyorat qiladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li 9-10-mart kunlari Maltani ziyorat qiladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra Janob Chavusho’g’li Malta Tashqi ishlar vaziri George Vellaning taklifiga binoan Maltani ziyorat qiladi. Malta ziyorati, Chavusho’g’lining Tashqi ishlar vaziri sifatida ilk ziyorati ekanligi bildirildi.

Chavusho’g’li ushbu ziyorati chog’ida Malta Tashqi ishlar vaziri George Velladan tashqari Bosh vazir Joseph Muscat bilan ham uchrashadi. Uchrashuvlar doirasida Turkiya-Malta o’zaro munosabatlari bilan birga kun tartibidagi masalalar va xalqaro mavzular keng olaroq qo’lga olinadi.

Shuningdek, ushbu ziyorat Turkiya-Malta ortasidagi hamkorliklarning yana da keng tus olishiga imkon yaratadi deya ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar