Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Portugaliyada...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu bugun Portugaliya Prezidenti Kavako Silva tomonidan qabul qilinadi.

245096
Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Portugaliyada...

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Portugaliyaga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Davutog’lu poytaxt Lissabonda Portugaliya rasmiylari tomonidan kutib olindi.
Portugaliya Prezidenti Kavako Silva tomonidan qabul qilinadigan Ahmet Davutog’lu, Portugaliya Bosh vaziri Pedro Passos Coelho bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi.
Shuningdek, Ahmet Davutog’lu bilan Portugaliya Bosh vaziri Pedro Passos Coelho Turkiya-Portugaliya hukumatlararo oliy yig’ilishga rahbarlik qiladi.
Bosh vazir Ahmet Davutog’lu tashrifi chog’ida, Lissabon markaziy jomeyini ziyorat qiladi va Portugaliyadagi islom jamiyati vakillari bilan uchrashadi.
Bundan tashqari, 1983 yili arman terror tashkiloti tomonidan qatl qilingan turk diplomatlar hotirasiga atab qo’yilgan yodgorlikka gulchambar qo’yadi.
So’ngra, ikki davlat rasmiylari o’rtasida turli sohalar bo’yicha qator shartnomalar imzolanadi.
Qolaversa, ikki davlat bosh vaziri mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.
Portugaliyada Davutog’lu sharafiga rasmiy ziyofat beriladi, bu ziyofatdan so’ng Davutog’lu Nyu Yorkka jo’nab ketadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar