Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Saudiya Arabistonda...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an safari chog'ida Saudiya Arabiston Qroli Selman Bin Abdulaziz Al Suud bilan uchrashadi.

242529
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Saudiya Arabistonda...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Saudiya Arabistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Ayni paytda, umra ziyoratini amalga oshirgan Prezident Erdog’an Masjid al-Haramning yonida joylashgan Saudiya Arabiston qroliyat mehmonxonasiga joylashdi.
Prezident Erdog’anning bugun Madinaga safar qilib, u yerda Muhammad payg’ambarning qabri joylashgan Masjid al-Nabavini ziyorat qilishi rejalanmoqda.
Erdog’an Makka va Madina ziyoratini yakunlab, Riyadga safar qiladi va u yerda Saudiya Arabiston QroliSelman Bin Abdulaziz Al Suud bilan uchrashadi.
Bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi tijoriy va iqtisodiy aloqalar bilan mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.
Prezident Erdog’anga safari chog’ida Bosh vazir o’rinbosarlari Yalchin Akdog’an bilan Numan Kurtulmush, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu va İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamrohlik qilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar