Turkiyaning Suriyaga qaratilgan operatsiyasi yangrab ketdi

Xabar agentlari, operatsiyani, so’nggi yangiliklar deya e’lon qildi...

228019
Turkiyaning Suriyaga qaratilgan operatsiyasi yangrab ketdi

Angliyaning Reuters xabar agentligi, ushbu xabar haqida yozar ekan sarlavhasi quyidagicha edi, “Turk harbiylari Sulaymon Shoh mavzoleyidagi harbiylarni ko’chirib ketish uchun, yarim kechasi, Suriyaga qaratilgan operatsiya uyushtirdi”.

Atalgan xabar agenti, osha vaqtdan e’tiboran, operatsiya haqidagi yangiliklarni birma-bir havola etib bordi.

Amerikaning Associated Press deb nomlangan xabar agentligi esa ushbu xabarni dunyoga: “Suriyada, garnizonlar tomonidan himoya qilingan mavzoleyni boshatish uchun, harbiy operatsiya uyushtirilmoqda” deya e’lon qildi.

Frantsuz xabar agentligi AFP, “Turk garnizonlari, Suriyada, DEAShning qo’lidagi Usmonli mavzoleyini himoya qilgan harbiylarni olib ketdi” degan sarlavha bilan, ushbu xabarni so’nggi yangilik deya bo’lishdi.

İngliz xabar kanali BBCning web sahifasi, ushbu xabarni, “Turkiya Sulaymon Shoh mavzoleyini boshatish uchun Suriyaga kirdi” degan sarlavha bilan e’lon qildi.

New York Times esa, “Turk harbiylari, Suriyadagi Sulaymon Shoh mavzoleyini boshatib, qabrni Turkiyaga olib kelish uchun kirganligi ma’lum qilinmoqda” deya xabar qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar