Turk qurolli kuchlarining Shoh Firat operatsiyasi

Operatsiya natijasida Sulaymon Shohning jasadi Turkiyaga olib kelindi...

227651
Turk qurolli kuchlarining Shoh Firat operatsiyasi

Turkiya Respublikasi Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra, kecha Turk qurolli kuchlari, Sulaymon Shoh mavzoleyini qo’riqlash stantsiyasidagi 40dan ziyod harbiyni xavfli joydan ko’chirish maqsadida operatsiya uyushtirdi.

Yarim kechasi boshlagan operatsiya chog’ida garnizon harbiylari, chegaradan o’tib, stantsiyaga qarab yo’l oldi.

Operatsiya Turk qurolli kuchlariga qarashli Harbiy havo kuchlarining kuzatuvida amalga oshdi.

Operatsiya haqidagi batafsil ma’lumotni, Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning, Bosh shtab boshqarmasi binosida berishi kutilmoqda.

Turkiya chegarasidan tashqarida o’rin olgan yagona yer bo’lagi bo’lib hisoblangan Sulaymon Shoh mavzoleyi bilan Saygi nomidagi uni qo’riqlash stantsiyasiga qartilgan va Turk qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan operatsiyaga 50 tank qatnashdi.

Harbiy havo kuchlariga qarashli F-16 samalyotlari ham tegishli qurollari iblan chegara atrofida kuzatuv ishlarini amalga oshirdi.

Shu bilan birga Harbiy havo kuchlari ham chegaradan tashqari joyda uyushtiriladigan operatsiya uchun tayyorlandi.

Qo’riqlash stantsiyasida xizmat ko’rsatayotgan 44 nafar Maxsus harbiy kuchlar ham mintaqadagi notinchlik tufayli Turkiyaga olib kelindi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’li, “Ajdodimizning omonati bo’lgan Sulaymon Shohning jasadi, vaqtinchalik Suriya chegarasidagi yangi makoniga ko’chirilisihi uchun mamlakatimizga olib kelindi” dedi.

Davuto’g’li, “Sulaymon Shohning jasadi ko’chiriladigan yer harbiylarimiz tomonidan qo’riqlashga olingan bo’lib, bayrog’imiz tikib qo’yildi” dedi.

Ushbu operatsiyani Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kuzatib borar ekan Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lini, Bosh shtab boshqarmasi boshligi Armiya generali Nejdet Ozel bilan Quriqlikdagi qo’shinlar qo’mondani Armiya generali Hulusi Akarga qo’ng’iroq qilib, ularni tabqikladi.

Prezident, “Sulaymon Shoh mavzoleyi va Saygi qo’riqlash stantsiyasi yangi makonida bayrog’imizni hilpiratib, ajdodimizning hotirasini saqlashni davom ettiradi” dedi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar