Turk Havo Yo’llari Ammon-İstanbul reysi yo’lga chiqdi

Qalin qor yoqqani sababli İordaniyaning poytaxti Ammonda kutishga majbur bo’lgan Turk Havo Yo’llariga tegishli TK0815 reysi yo’lga chiqdi.

224942
Turk Havo Yo’llari Ammon-İstanbul reysi yo’lga chiqdi



Ammon-İstanbul reysini amalga oshirishadigan Turk Havo Yo’llari samolyoti
qalin qor yoqqani va aeroport maydonini tozalaydigan texnik ekipajning yetishmovchiligi sababli Ammon aeroportida 7 soat kutishga majbur bo’lgan.
Ammondagi Turkiya elchixonasi ma’lum qilishicha, Turk Havo Yo’llari samolyoti aeroport maydonining qordan tozalanishi bilan soat 09:40da İstanbulga uchgan.
Turk Havo Yo’llarining Ammondagi vakolatxonasi ma’lum qilishicha, samolyot uchishga tayyorlanar ekan, qor yog’a boshlagan. Tez vaqt ichida aeroport maydoni qalin qor bilan qoplangan. Shu sababli Turk Havo Yo’llarining Ammon-İstanbul reysi uchish soati 03:30da havo safarini amalga oshira olmagan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar