Turkiya Suriyaga insonparvarlik yordamini ayamayotir…

Turkiyadagi nodavlat tashkilotlar Suriyadagi urush sababli jabrlangan aholiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan kiyim-kechak jo’natmoqda.

221767
Turkiya Suriyaga insonparvarlik yordamini ayamayotir…

Turkiya Suriyaga insonparvarlik yordamini ayamayotir…
Nodavlat tashkilotlar Suriyadagi urush sababli jabrlangan aholiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan kiyim-kechak jo’natmoqda.
Shanliurfadagi İnsonparvarlik yordam jamiyati va Shanliurfa Buyukshahar xokimiyati 4 nafar yuk mashinasi to’la yordam mahsuloti to’pladi.
Zarur ashyolarga to’la bo’lgan avtomashinalar Suriyaga tomon yo’lga chiqdi.
İnsonparvarlik yordam fondi ham Suriyaga yordam safarbarligini e’lon qilgan tashkilotlardan biri hisoblanadi.
İnsonparvarlik yordam fondining Malatiyadagi filiali oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlari to’ldirilgan bir yuk mashinasini Suriyaga jo’natdi.
İnsonparvarlik yordam fondi ayollar komiteti rahbari Emine Chakmak; “Malatiya xalqiga ko’rsatgan yordamsevarligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Suriyadagi bolalarning qorinlarini biroz bo’lsa ham to’ydirgan bo’lsak, o’zimizni baxtiyor his qilamiz. Urushning darhol tugashini istaymiz. Bunday yordamlarga ehtiyojlari qolmasin”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar