Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Kubaga jo'nab ketdi

Turkiya Prezidenti Erdog’an Kubaning poytaxti Gavanada Kuba Davlat rahbari Raul Castro tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

216216
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Kubaga jo'nab ketdi

Prezident R.T.Erdog’an Kolumbiyada Turk-Kolumbiya tadbirkorlar forumiga tashrif buyurdi.
Forumda so’zga chiqqan Erdog’an Turkiya bilan Kolumbiya o’rtasidagi tijorat hajmi 2002 yildan beri 10 barobar ortish ko’rsatib, jami 1.2 milliard dollarni tashkil qilganini aytib o’tdi.
Bevosita ehtiyojlar va imkoniyatlar ikki davlat hamkorligi jihatidan juda katta fursat ekanini tilga olgan Erdog’an turk tadbirkorlarni ushbu imkoniyatlardan foydalanishga chaqirdi.
Rivojlangan imkoniyatlar davlatlar o’rtasidagi masofani yaqinlashtirganiga e’tibor qaratgan Erdog’an, “2023 yilga kelib Kolumbiya bilan bo’lgan tijoriy hajmimizni 5 milliard dollarga chiqarishimiz mumkin. Buni yana ham yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak”-dedi.
Kolumbiya ziyoratini yakunlagan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Kubaga jo’nab ketdi.
Erdog’an Kubaning poytaxti Gavanada Kuba Davlat rahbari Raul Castro tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.
Marosimdan so’ng, Jose Marti yodgorligini ziyorat qiladi, qolaversa Gavanada Genetika muhandisligi va Biotexnologiyalar markazini ko’zdan kechiradi.
Bugun Gavanada Prezident R.T.Erdog’an sharafiga rasmiy ziyofat beriladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar