Prezident Erdog’an, kun tartibi haqida ma’lumot berdi

Rajap Tayyip Erdog'an, Somali ziyoratidan qaytdi...

197975
Prezident Erdog’an, kun tartibi haqida ma’lumot berdi

Prezident Erdog’an, Somali ziyoratidan qaytar ekan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Chet eldagi parallel tashkilotga qarashli maktablarga to’xtalgan Erdog’an, “Biz uchrashgan maktablar: “Sizga qarshi chiqqanlar, bizga ham qarshidir. Biz, sizga qarshi chiqqan har bir unsurga, albatta kerakli muomalada bo’lamiz” dedilar, der ekan, parallel tashkilotga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini taqidladi.

Janob Erdog’an, Prezidentlik sistemasining dunyo miqyosida eng kop qollab-quvvatlangan sistema ekanligini belgilab, “kop boshlilikning yo’q qilinisihi qaror jarayonini tezlashtiradi va natija olish ham qo’laylashadi” deya gapirdi.

Erdog’an, Bosh vazir Ahmet Davuto’g’luning ham Prezidentlik sistemasini qollab-quvvatlaganligini aytdi.

Prezident Erdog’an, saylov qoidasiga ko’ra kamida 10 foiz ovoz olishlik, barqarorlikning davom etishi jihatidan muhim ekanligini belgiladi.

Shuningdek, Suriya voqealariga to’xtalgan Erdog’an, Iroqdagi voqealarning Suriyada yuz bermasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni bir necha bor tilga olganligini-da qo’shimchaladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar