Turkiya Oliy Majlis raisi Jemil Chichek Chexiyada...

Turkiya Respublikasi Oliy Majlis raisi Jemil Chichek rasmiy ziyorat chog’ida Chexiya Vakillar majlisi rahbari Jan Hamachek, Chexiya Senato rahbari Milan Stech va Bosh vazir Bohuslav Sobotka bilan uchrashadi.

196884
Turkiya Oliy Majlis raisi Jemil Chichek Chexiyada...

TurkiyaRespublikasi Oliy Majlis raisi Jemil Chichek rasmiy ziyorat amalga oshirish maqsadida Chexiya Respublikasiga jo’nab ketdi.
Jemil Chichek poytaxt Pragada o’tkaziladigan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Forumga 28 davlatning parlament rahbarlari qatnashadi.
Jemil Chichek forum doirasida o’tkaziladigan “Siyosatchilarning ro’li” nomli anjumanda nutq so’zlaydi.
Oliy Majlis raisi Jemil Chichek rasmiy ziyorat chog’ida Chexiya Vakillar majlisi rahbari Jan Hamachek, Chexiya Senato rahbari Milan Stech va Bosh vazir Bohuslav Sobotka bilan uchrashadi.
Qolaversa, Chexiyada yashagan turklar va turk tadbirkorlar bilan uchrashadigan Jemil Chichek seshanba kuni Turkiyaga qaytadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar