İslom olimlari Ankaraga tashrif buyurmoqda

Yig’ilishga Qatar, Livan, Saudiya Arabiston, Yaman, İroq, Eron, Falastin, Suriya, Bosniya-Gersegovina va Tunisdan ko’plab diniy yetakchilar ishtirok etadi.

196864
İslom olimlari Ankaraga tashrif buyurmoqda

32 davlatdan qator islom olimlari Ankaraga tashrif buyurmoqda.
Turkiya Din ishlari boshqarmasi rahbari Prof.Dr Mehmet Go’rmez boshchiligidagi “Tinchlik va hamjihatlik doimiy aloqa guruhi” Ankarada to’planmoqda.
Mazkur yig’ilishda islom dunyosida yuz bergan o’zgarishlar va mazhab to’qnashuvlari muhokama qilinadi.
O’tgan yili ramazon oyida İstanbuldagi Dolmabahche saroyida 32 davlatdan jami 150dan ziyod olim ishtirokida bo’lib o’tgan “Dunyo islom olimlari tinchlik, hamjihatlik tashabbusi” nomli yig’ilishda olingan qarorga binoan “Tinchlik va hamjihatlik doimiy aloqa guruhi” tuzildi.
Guruh yig’ilishini Turkiya Din ishlari boshqarmasi rahbari Prof.Dr Mehmet Go’rmez boshqaradi.
Yig’ilishga Qatar, Livan, Saudiya Arabiston, Yaman, İroq, Eron, Falastin, Suriya, Bosniya-Gersegovina va Tunisdan ko’plab diniy yetakchilar ishtirok etadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar