İstanbul va London fond birjalari hamkorlik shartnomasi

Davuto'g'lu: Usmonli davlatini “Kasal odam” der edilar. Bugungi kunda esa ushbu ifoda Yevropaga yonaltilmoqda...

192391
İstanbul va London fond birjalari hamkorlik shartnomasi

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, rasmiy ziyorat bilan Londonga safar qildi. Londondan keyingi bekati Davos.

Ziyoratda, siyosat qadar iqtisodiyot ham oldingi rejalar orasida o’rin oldi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, avvalom bor jamg’arma banki Merrill Lynchda xalqaro shirkatlarning vakillari bilan uchrashdi.

Davuto’g’lu, Turkiyadagi moliyaviy bozorlar bilan birga jamg’arma investitsiya muhitining ustunliklariga e’tiborlarni qaratar ekan global bozordagi so’nggi rivojlanishlarni baholadi.

Shuningdek Davuto’g’luning ziyorati chog’ida, İstanbul va London fond birjalari bilan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi shartnoma imzolandi.

İmzo marosimida ishtirok etgan Davuto’g’lu, İstanbul fond birjasi va Turkiya eksportchilar uyushmasi bilan birga İstanbul Moliyaviy markazi tomonidan uyushtirilgan “İstanbul: Mintaqaviy markaz, Global aktyor” anjumanida so’zga chiqdi.

Davuto’g’lu, “Turkiya, judayam tanqidiy voqealar sodir bolayotgan ahamiyatli mintaqada joylashgan. Bu mintaqada, tartipli iqtisodiyot boshqaruvimiz orqali barqaror rivojlanishni davom ettiramiz” dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, 20-asrda Usmonli davlatini “Kasal odam” der edilar. Bugungi kunda esa ushbu ifoda Yevropaga yonaltilganligiga e’tiborlarni qaratar ekan Turkiya amalga oshirgan islohatlardan so’z qildi.

Shuningdek, Davuto’g’lu, “İstanbulning tarixiy iqtisodiy kuchi bilan Londonning zamonaviy tuzilishining birlashishi Yevropa va dunyo iqtisodiyotining kuchiga kuch qoshadi” deya gapirdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar