İroq Respublikasi Oliy Majlis raisi Turkiyada…

İroq Respublikasi Oliy Majlis raisi Selim Juburiy bugun Turkiya Respublikasi Oliy Majlis raisi Jemil Chichek tomonidan qabul qilinadi.

189765
İroq Respublikasi Oliy Majlis raisi Turkiyada…

İroq Respublikasi Oliy Majlis raisi Turkiyada…
O’tgan oy Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshirgan İroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiydan so’ng, bu safar İroq Respublikasi Oliy Majlis raisi Selim Juburiy poytaxt Ankaraga tashrif buyurdi.
Kecha rasmiy qarorgohda Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Juburiy sharafiga ziyofat berdi.
Mazkur ziyofatga Ak Partiya rahbar o’rinbosari Yasin Aktay, Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu, Ak Partiya deputati Mehmet Emin Dindar va boshqa ko’plab siyosatchilar tashrif buyurdi.
İroq Oliy Majlis raisi Selim Juburiy bilan Turkiya Bosh vaziri Davutog’lu o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi o’zaro aloqalar, xavfsizlik,energiya va tijorat kabi mavzular muhokama qilindi.
Juburiy bugun Turkiya Respublikasi Oliy Majlis raisi Jemil Chichek tomonidan qabul qilinadi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar