Davutog’lu:"Turkiya terrorizmga qarshi kurashda sizga madadkor"

Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu Fransiyada terror qurboni bo’lgan fransuz xalqini qo’llab quvvatladi.

181881
Davutog’lu:"Turkiya terrorizmga qarshi kurashda sizga madadkor"


Parijdagi xalqaro namoyishga qatnashgan Davutog’lu “Turkiya terrorizmga qarshi hamisha sizga madadkor”-dedi.
Bosh vazir Ahmet Davutog’lu Parij ziyoratini tweetr orqali fransuz tilida “Fransuz xalqi bilan birga terrorizmga qarshi kurash uchun Parijdaman”-degan ifodalar bilan ma’lum qildi.
Parijda Elysee saroyida FransiyaPrezidenti Hollande tomonidan kutib olingan Davutog’lu o’zaro uchrashuvdan so’ng, bir qator davlat rahbarlari bilan birga namoyish maydoniga tashrif buyurdi.
Davutog’lu Fransiya Prezidenti bilan bir qatorda Germaniya, Angliya, İtaliya Bosh vazirlari, İordaniya Qroli Abdullah, Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas bilan birga old saflardan joy oldi.
Davutog’lu namoyishdan so’ng Turkiya o’tmishda terrorizmdan jabr ko’rgan davlat sifatida bundan keyin ham dunyoning qayerida bo’lishidan qat’iy nazar terror hujumlariga qarshi bosh ko’tarishini tilga oldi.
Shuningdek, “Bu yerda ko’rsatgan munosabatimiz Yevropa qit’asi jihatidan ham hamjihatlik demakdir. İslomga qarshi salbiy ko’z-qarash va hujumlarni oldini olishda Yevropadan katta mas’uliyat talab qilish haqqimizdir”-dedi.
Musulmon davlat bo’lgan Turkiya Yevropaga moslashadigan bo’lsa, bir qator muammoni hal qilishda qulaylik yaratishini ta’kidlagan Davutog’lu, “Agar Turkiya Yevropa İttifoqiga muammo sifatida ko’rilmaganda edi va 2004 yili Kipr referendumidan so’ng tezlik bilan Yevropa İttifoqiga moslashsa edi, ushbu madaniy kelishmovchiliklar bu darajaga kelmas edi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar