Turkiyaning yangi "OİLA" reformasi

Ushbu reformani Turkiya Respublikasi Bosh vaziri janob Ahmet Davuto'g'lu ma'lum qildi...

179213
Turkiyaning yangi "OİLA" reformasi

Oila va aholini muhofaza qilish programmasida o’rin olgan tuzatishlar, ayniqsa, ona va bolalarga qaratilgan judayam muhim o’zgarishlarni o’z ichiga olmoqda.

Bunga ko’ra:
Oilalarni ijtimoiy tomondan qollab-quvvatlash maqsadida yangi bir guruh tashkil etiladi. Tashkil etilgan ushbu guruh 5 ming maxsus psiholog xodimlardan tuzilib ularning vazifasi oilalarga psihologik jihatdan yordam ko’rsatishdir.

Yangi tuqqan onalarga yarim kun ishlash imkoni.

Onalik izni o’z yakunini topgach onalar 1-farzantda 2, 2-farzantda 4 va 3-farzantda esa 6 oygacha atigi yarim kungina ishlaydilar.

Nogiron farzantlarning onalari esa 6 oygacha yarim kun ishlaydi.

Yarim kun ishlagan onalar maoshlarini toliq olish huquqiga egalar. Oradagi farq esa davlat tomonidan to’lanadi.

Farzandi maktabga borgunga qadar, onalarga, bir haftada 30 soatgacga qismi ishlash haqqi beriladi.

İshchilar uchun, ona vafot etkudek bo’lsa, undan qolgan haqni ota foydalanish huquqiga ega.

Bevaqt ko’z yorgan onalarga qoshimcha izin beriladi.

Farzandi nogiron bo’lgan onalarga bir yilda 10 kun qoshimcha izin kuni beriladi.

Otalik izni xususiy korhonalarda ishlaganlar uchun 5 kun ekan, dam olish kunlari bilan qoshilib 7 kunga chiqadi.

Yangi farzant ko’rgan har bir onaning hisobiga birinchi farzantida 300 turk lirasi, ikkinchi farzantida 400, uchunchi farzantida esa 600 turk lirasi o’tkaziladi.

Butun munitsipalitetlar, bohcha ochishga majburlar.

Turmush qurmoqchi bo’lgan yoshlar ham unitilmadi. Ular uchun sep mablag’i ajratilmoqchi. Yani, ota-ona farzandini turmushga bergunga qadar yoki uylantirgunga qadar farzandi uchun necha pul yiqqan bo’lsa osha miqdorning 15 foizi davlatdan to’yona bo’lib keladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar