Mudofaa sano’ati ijroiya qo'mitasi yig’ilish o’tkazdi

Mushtarak hujum samalyoti JSF loyihasiga Turkiya ham a’zo bolgan...

177478
Mudofaa sano’ati ijroiya qo'mitasi yig’ilish o’tkazdi

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto’g’lu kecha, birinchi marotaba, Mudofaa sano’ati ijroiya qo'mitasi yig’ilishida boshchilik qildi.

Anqarada bo’lib otgan mazkur yig’ilishda, Milliy asosdagi harbiy samalyot loyihasi doirasida dastlabki dizayn ishlari bosqichiga otish haqida qaror qabul qildilar.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, uzog’i bilan 4 yil ichida dastlabki dizayn bosqichini tamomlab, 2023-yili esa milliy harbiy samalyotning birinchi prototip namunasini ishlab chiqarishni maqsad qilganliklarini aytdi.

Davuto’g’lu, Turkiya ham a’zo bolgan Mushtarak hujum samalyoti JSF loyihasi haqida so’z yuritar ekan, 2030-yilgacha 100 dona ta’minlashni rejalashtirganliklarini belgilab, avval ham ikki dona buyurtma berilganligini, hozir esa 4 dona buyurtma berish qarori qabul qilganliklarini qoshimchaladi.

MPT-76 deb nomlangan va piyoda aksarlar uchun maxsus ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan miltiqlarni, seriyali ishlab chiqarish ishlarini boshlash haqidagi suyunchili yangilikni bergan Davuto’g’lu, davlat va xususiy sektor birgalashib, hamkorlik ichida 35 ming miltiq ishlab chiqarishni rejalashtirganliklarin aytdi.

Bosh vazir Ahmet Davuto’g’lu, shuningdek, joriy yilning aprel oyida Mudofaa sano’ati oliy koordinatsiya kengashining yig’ilishi haqidagi yangilikni ham ma’lum qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar