Guterres: "Turkiya qochqinlar masalasida katta tajribaga ega"

BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissari Antonio Guterres Ankarada davom etayotgan 7-Elchilar konferensiyasida so’zga chiqdi.

175989
Guterres: "Turkiya qochqinlar masalasida katta tajribaga ega"

BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissari Antonio Guterres Ankarada davom etayotgan 7-Elchilar konferensiyasida so’zga chiqdi.
So’zlagan nutqida Turkiyaning qochqinlar masalasi bo’yicha yuritgan siyosatiga to’xtalgan Guterres, “Turkiyadagi qochqinlarning farzandlari maktabga bormoqda. Ularga bunday sharoitni yaratib bergan Turkiya nafaqat saxiyligini, balki turk mehmondo’stligi bilan islom an’anasini namoyon qilmoqda”-dedi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu ham Turkiyaning qochqinlar masalasi bo’yicha tajribalariga e’tibor qaratdi.
Turkiya mamlakatga sig’ingan qochqinlarga raxm-shafqat ko’rsatib, ularni himoyasiga olish borasida katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritganini bildirgan Chavushog’lu, “Turk xalqi vaqtinchalik o’z ximoyasiga olgan qochqinlarning dardiga malham bo’ldi, ularga yordam qo’lini uzatdi”-dedi.
Guterres: “Turkiya qochqinlar masalasida katta islohot ishlab chiqdi”


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar