Turk san’ati dunyo miqyosiga chiqadi

Chet ellarda “Ebru” ustaxonalari ochiladi…

166369
Turk san’ati dunyo miqyosiga chiqadi

UNESCOning “Nomoddiy madaniy meros” ro’yhatiga kirgan va “Ebru” deb nomlangan “Qog’ozni bezash san’ati” dunyo miqyosiga chiqadi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan, chet elda, ushbu san’atga atalgan “Ebru” ustaxonasi ochiladi.

Vazirlik, yurt ichida-da tanishtirish ishlarini davom ettirar ekan, Ebru asarlarini san’at shaydolari bilan uchrashtirdi.

Ebru san’atini, Anqara aholisi katta qiziqish bilan tomosha qildi.

UNESCOda, Turkiyaning vakili bo’lgan Madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Tadqiqot va ta’lim bo’limi raisi Okan İbish, qo’liga Ebru cho’tkasini olib Ebru san’atining ahamiyatiga e’tiborlarni qaratdi.

Yanvar oyidan boshlab atalgan san’atni bir necha faoliyat orqali tanishtirishni davom ettirajaklarini taqidlagan İbish, “Chet eldagi elchixonalarimiz bilan uchrashishni davom ettiryabmiz. Ebru ustaxonasi ochish niyatimiz bor. Franstsiyada “Ebru San’ati”ga bo’lgan qiziqish judayam katta edi. Bu sehrli bir san’at. İnsonlarning bu merosni davom ettirishini tilaymiz.” dedi.

Ko’rgazmaga qatnashgan san’at shaydolari “Ebru” san’atini qanday ijro etishni yaqindan tomosha qilish fursatiga ega bo’ldilar.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar