Yangi Turkiya yo'lida...

Yangi Turkiya yo'lida...

210642
Yangi Turkiya yo'lida...

Bosh vazir Ahmet Davutog’li, Turkiyaning o’z mintaqasi bilangina cheklanib qolmaydigon yirik o’lka ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek “Turkiya o’z halovati va barqarorligini atroftagi muhitlarga aks ettira olish kuchi va kudratiga egadir” dedi.
Davutog’li, oynai jahonda berilayotgan “Yangi Turkiya Yo’lida” dasturi orqali muhim bayonatlar berdi.
Bosh vazir Ahmet Davutog’li, ichki xavfsizlik reformasi bilan byurokratizmga asoslangan ish tartiblariga inqilob deb hisoblanadigon darajada katta yangilik kiritilganligiga e’tiborlarni qaratdi. Shuningdek, xavfsizlik va erkinlik tushunchasiga yangi nazariya kiritilganligiga ishorat qildi.
Davutog’li, 12 noyabr kuni ma’lum qilingan ish xavfsizligi haqidagi loyihaning ahamiyati haqida qap olib borar ekan “ushbu faoliyatni boshlash vaqti allaqachon kelgan edi, mana endi boshlab ham yubordik” dedi.
Mamlakat bo’ylab davom etayotgan ziyoratlariga to’xtalib o’tgan Davutog’li, terrorizmni yo’q qilish doirasida qilinayotgan ishlarda qarorli ekanligini belgilovchi malumotlar ham berdi.
Davutog’li, “Turkiya’ning har bir burchagida demokratiya va milliy irodani ustun qilish kurashini davom ettiramiz” dedi.
Alevi islohati borasiga ham to’xtalib o’tgan Davutog’li Turkiya uchun eng muhimi qardoshlik, mushtarak tarix va kelajak tushunchasi atrofida shakllanish ekanligini ifoda etti.
Davutog’li o’z nutqida Iroq ziyoratlari haqida ham to’xtalib o’tdi.
Turkiya-Iroq aloqalarida yangi davr boshlandi. İkki o’lka o’rtasida bo’lib o’tgan murakkab masalalardan yana da muhimrog’i uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan do’stlik rishtalari deya taqidlab o’tdi.
Turkiyaning bundan buyon G-20 ning davriy rahbariyatini o’z zimmasiga olganligini eslatkan Davutog’li, dunyo iqtisodiyotining markazi bu yil Turkiyada ekanligini aytdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar