Turkiya, Kiprda "Tezkor yechim tarafdori"

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Sharqiy O'rtayer Dengizining Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ochiq bo'lishiga diqqat qaratdi.

205671
Turkiya, Kiprda "Tezkor yechim tarafdori"

Turkiya, Kipr masalasida "Tezkor yechim tarafdori".

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Sharqiy O'rtayer Dengizining Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ochiq bo'lishiga diqqat qaratdi.

Davutog'lu, "Sharqiy O'rtayer Dengizi bilan Kipr maxsus iqtisodiyot hududida har ikki jamiyat ham teng haqlarga ega. Shubxasiz bu haqlardan foydalanadilar" dedi.

Bosh Vazir, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh Vaziri O'zkan Yorganji bilan uchrashdi.

Davutog'lu, uchrashuvdan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida ham Kipr masalasining yechim topishi uchun Turkiyaning qat'iyligini tilga oldi.

Turkiyaning, Kiprning Janubida sismik tadqiqotlarni bohona qilib muzokaralardan chiqgan tomonning Kipr Rum bo'lganini eslatgan Davutog'lu, tezlashtirilgan muzokaralarni surat bilan boshlatib tinchlik o'rnatish kerakligini ifoda etdi.

Yechim uchun tezlashtirilgan muzokara jarayoniga yoki mushtarak qo'mita vujudga keltirib tabiiy manbalardan tinchlik yo'lida foydalanish kerakligiga diqqat qaratgan Davutog'lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ildamlagan rivojlanishni dasaklashga davom etishlarini takidladi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh Vaziri Yorganji esa yechimning qaysi negizda boshlashi fevral oyi chop etilgan mushtarak matnda ifoda etilganini izohladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar