Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jazoyirga safar qiladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an safari chog’ida Jazoyir Prezidenti Abdulaziz Buteflika bilan uchrashadi va Jazoyir Bosh vaziri Abdulmalik Sellalni qabul qiladi.

193922
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jazoyirga safar qiladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an ertaga Jazoyirga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.
Prezident Erdog’anga vazirlar va bir guruh tadbirkorlardan tashkil topgan gavjum delegatsiya hamrohlik qiladi.
Erdog’an safari chog’ida Jazoyir Prezidenti Abdulaziz Buteflika bilan uchrashadi va Jazoyir Bosh vaziri Abdulmalik Sellalni qabul qiladi.
Ziyorat chog’ida amalga oshiriladigan o’zaro va hay’atlararo uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar har tomonlama ko’zdan kechiriladi, qolaversa mintaqaviy mavzularda fikr almashiladi.
Prezident Erdog’an Jazoyirdagi rasmiy uchrashuvlarini yakunlab, 2-Turkiya-Afrika hamkorlik yig’ilishiga qatnashish maqsadida Ekvatorli Gvineyaga jo’nab ketadi.
Afrika Birligi komissiyasi bilan hamkorlikda o’tkazilgan yig’ilishga ko’plab davlatlardan prezident va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Erdog’an yig’ilish doirasida Ekvatorli Gvineya Prezidenti bilan bir qatorda, ishtirokchi davlatlarning prezidentlari va hukumat rahbarlari bilan uchrashishi nazarda tutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar