Prezident R.T.Erdog’an Latviyada tadbirkorlar forumiga qatnashdi

Turkiya iqtisodiyoti haqida yolg’on xabarlar tarqatilayotganini aytib o’tgan Erdog’an, “Bu tashviqotlarga qaramasdan, Turkiya iqtisodiyoti tobora rivojlanmoqda va gullab-yashnamoqda”-dedi.

168508
Prezident R.T.Erdog’an Latviyada tadbirkorlar forumiga qatnashdi


Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Latviyada rasmiy uchrashuvlarni amalga oshirmoqda.
Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lish jarayoni, o’zaro siyosiy, iqtisodiy, tijoriy va madaniy aloqalar bilan bir qatorda, Latviya bilan Turkiya o’rtasida hamkorlik imkoniyatlari ko’zdan kechirilmoqda.
Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar ham muhokama qilinmoqda.
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an safari chog’ida Turkiya-Latviya tadbirkorlar forumiga qatnashdi.
Erdog’an forumda so’zga chiqib, Turkiya bilan bog’liq ba’zi xalqaro mediada yoritilgan yolg’on xabarlarga e’tibor bermaslikni talab qildi.

Turkiya iqtisodiyoti haqida yolg’on xabarlar tarqatilayotganini aytib o’tgan Erdog’an, “Bu tashviqotlarga qaramasdan, Turkiya iqtisodiyoti tobora rivojlanmoqda va gullab-yashnamoqda”-dedi.
Erdog’an Latviyadagi uchrashuvlarini yakunlab Estoniyaga jo’nab ketadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar