Turkiyaning Musuldagi Konsullik xodimlari Chankaya ko'shkida...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an İSHİD terror tashkiloti tomonidan İroqning Musul shahrida garovga olingan Turkiya konsullik xodimlarini Chankaya ko’shkida qabul qildi.

133932
Turkiyaning Musuldagi Konsullik xodimlari Chankaya ko'shkida...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an İSHİD terror tashkiloti tomonidan İroqning Musul shahrida garovga olingan Turkiya konsullik xodimlarini Chankaya ko’shkida qabul qildi.
Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Prezident Erdog’an İSHİD qo’lidan qutqarilgan Turkiya Konsullik xodimlarini bugun soat 11:30da Chankaya ko’shkida qabul qildi.
Erdog’an: “Bu biz uchun baxt edi. Qolaversa ozodlikka chiqish, erkinlikka erishish edi”-dedi.
Erdog’an: “Tarixda qoladigan katta imtihondan o’tdik va bu imtihon muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Umidimizni hech qachon yo’qotmadik. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashni hayolimizga ham keltirmadik. Sizlarning xavfsizligingizni saqlash bizning asosiy vazifamiz edi. Ayni paytda Turkiya Respublikasining e’tiborini saqlash biz uchun juda muhim edi. Koalitsiya tuzish talablariga o’sha zahoti rozi bo’lishimiz mumkin edi, lekin biz darhol bu ishga rozi bo’la olmas edik. Chunki u yerda bizning 49 fuqaromiz bor dedik”-dedi.
Turkiyaning ulkan davlat sifatida bunday holatlarga duch kelishi, bu kabi imtihonlardan o’tishi oddiy hol ekanini tilga olgan Erdog’an, xozirda 1 million 300 ming qochqin Suriya va İroqdan Turkiyaga o’tganini bildirib, “Bu millatning ulug’ ekanini ko’rsatib turadi”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar