İSHİD terroridan qochgan İroqlik yazidiylar Turkiyaga sig'inmoqda

NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen İSHİD terror tashkilotining ehtimoliy hujumiga qarshi Turkiyani himoya qilishlarini ma’lum qildi.

88131
İSHİD terroridan qochgan İroqlik yazidiylar Turkiyaga sig'inmoqda

İroqda ahvol tobora salbiy tus olib bormoqda.
İSHİD terror tashkilotidan qochgan aholi soni ortib borar ekan, Amerika Qo’shma Shtatlari hududdan qochishga uringan yazidiy va boshqa aholini xavfsiz joylarga ko’chirishga harakat qilmoqda.
Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama, yazidiylarni tog’lardan tushirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilganligini bildirib, ularga ko’rsatiladigan insonparvarlik yordamlari davom etishini ma’lum qildi.
Bular oylab vaqt olishi mumkinligini tilga olgan Obama, havo hujumlari davom etishini, lekin Amerika askarlari İroqda xizmat o’tamasligini alohida ta’kidlab o’tdi.
Qolaversa, AQSh kotibligi İroqlik kurtlarni qurol bilan ta’minlay boshlaganini ma’lum qildi.
İroqlik yazidiylar Habur chegarasidan Turkiya tomonga o’tmoqda.
Turkiyaning Shirnak viloyati Jizre tumaniga 350 yazidiy kelib joylashdi.
NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen İSHİD terror tashkilotining ehtimoliy hujumiga qarshi Turkiyani himoya qilishlarini ma’lum qildi.
Rasmussen İSHİD terrorini bartaraf etish katta ahamiyat kasb etganini tilga oldi.
Amerika hukumati İSHİD jangarilariga qarshi kurashini davom ettirmoqda.
Amerika Markaziy komondonligi ma’lum qilishicha, Erbil yaqinlaridagi mahalliy jangchi kuchlarni himoya qilish maqsadida yo’lga qo’yilgan harbiy amaliyotlarda İSHİD mashina tizimi portlatildi, jangarilarga tegishli vositalar yo’q qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar