Turkiyada prezidentlik saylovi o'z nihoyasiga yetdi

Saylov yakunlanishi bilan ovozlarni sanash jarayoni boshlandi.

85924
Turkiyada prezidentlik saylovi o'z nihoyasiga yetdi

Turkiyada soat 08:00da boshlangan ovoz berish jarayoni soat 17:00 da o’z nihoyasiga yetdi.
Prezidentlik saylovi uchun Turkiya miqyosida 165 ming 108 saylov qutisiga ovoz tashlandi.
Saylov yakunlanishi bilan ovozlarni sanash jarayoni boshlandi.
Soat 21:00 gacha televideniye va radiolar kabi har qanday matbuot organlarida saylov natijalarini e’lon qilish ta’qiqlangan.
Soat 21:00 dan keyin saylov to’g’risida efir olib borishga ruxsat beriladi, lekin Oliy Saylov Kengashi tomonidan zarur deb topilgan taqdirda 21:00 dan oldin ruxsat berilishi mumkin.
Tunda soat 24:00 gacha spirtli ichimlik sotilishi, spirtli ichimlik sotilgan joylarda va umumiy joylarda har qanday spirtli ichimlik iste’mol qilish man qilinadi.
Bu soatlarda xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlash xodimlaridan tashqari hech kim yonida qurol olib yurmaydi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar