Turkiya Prezidentini Saylaydi.

Turkiyada uch prezident nomzodi bellashadi.

76350
Turkiya Prezidentini Saylaydi.

Turkiya Prezidentini Saylaydi   Rajab Tayyib Erdog’an


 

Saylov Bildirishi
Bosh Vazir va Prezident nomzodi Rajab Tayyib Erdo’g’an, prezident nomzodlik nazariyasini e’lon qildi.
“Millatimiz, Turkiya Respublikasi davlati va milliy birligini namoyadanlik qilgan Prezidentini ilk marotaba to’g’ridian saylamoqdalar. Bu tarixiy bir voqeadir.” Degan Erdo’g’an, Yangi Turkiya” deb ta’kidladi.
Turkiya Respublikasining 100- yilligi 2023 yilini buyuk bir maqsad sifatida e’lon qilgan Erdo’g’an, 2023 yili uchun 4 asosiy maqsad izoh etdi:
Demokratiyani yana ham rivojlantirish
Siyosiy va ijtimoiy masalalarni iziga tushirish
İjtimoiy faravonlikni yana ham ortirish
Dunyoda yetakchi o’lkalar qatorida o’rin olish.
Yangi Turkiya Nazariyasi
Rajab Tayyib Erdog’an, Yangi Turkiya Nazariyasini shunday xulosa qildi:
“Yangi Turkiya, davlati millati bilan, tarix va gegrafiyasiga yarashgan bir Turkiyadir.
Yangi Turkiya, rivojlangan va Tuchli bir Turkiyadir. Yangi Turkiya, ijtimoiy farovonlik, katta iqtisodiyot, siyosiy barqarorlik va rivojlangan demokratiyasi bilan yuksalgan Turkiyadir. Yangi Turkiyaga har inson yurtdosh bolish bilan faxrlangan bir dunyo davlati bo’ladi. Yangi Turkiya, dunyoga ochiq, ravshan, yetakchi bir Turkiya bo’ladi. Yangi Turkiya, mintaqa va dunyo tinchligiga, adolat va haqqaniyatiga yana ko’p xizmat qilgan bir Turkiyadir . Yangi Turkiya, ma’lumotli, ishlab chiqaruvchi va boshqaruv tarzi bilan lider bir Turkiya bo’ladi.
Yangi Turkiya, Buyuk va yatakchi Turkiyadir.”

 Rajab Tayyib Erdo’g’an kimdir? 

Asli Rizalik bo’lgan Rajab Tayyib Erdo’g’an 1954- yili 26- fevaralda Istanbulda dunyoga keldi. 1965 yoshda kasimpasha Piyale boshlang’ich maktabidan, 1973 yilida esa Istanbul İmom Xotib Litseyini tugatdi. Universitetni Marmara Universiteti İqtisodiy va Tijoriy Fakultetida o’qigan Erdo’g’an 1981- yilida bitirdi.
1969- yilidan 1980 yili 12 Sentabr to’ntaruvi so’ngarasigacha havoskor sifatida futbol o’ynagan Erdog’an, ayn davrda siyosat bilan aloqalandi.
Litsey va universitet yillarida Milliy Turk Talaba Birligi talaba tarmog’ida faol ravishda vazifa olib borgan Rajab Tayyib Erdo’g’an, 1976- yilida Milliy Salomat Partiyasi Yoshlik Tarmog’i Rahbariyatiga va ayni yil Milliy Salomat Partiyasi Istanbul Yoshlik Tarmog’i Rahbariyatiga saylandi. 1980- yiligacha esa ushbu vazifasini davom etirgan Erdog’an, siyosiy partiyalar berkitilgan 12- Sentabr davrida, shaxsi sektorda bir muddat maslahatchilik va yuqori martabali boshqaruvchilik vazifasini olib bordi.
1983 Yilida tuzilgan Refah Partiyasi ( farovonlik Partiyasi)da siyosatga takror qaytgan Rajab Tayyib Erdo’g’an, 1984- yilida Refah Partiyasi Beyo’g’lu Tuman Rahbari, 1985 yilida esa Refah Partiyasi Viloyat Rahbari Markaz Qaror Boshqaruv Kengashi a’zosi bo’ldi.
1994 yili 27- Mart mahalliy saylovlarida Istanbul Shahar Hokimi etib saylangan Rajab Tayyib Erdo’ag’an, ulkan bir shaharga farqli bir rahbar bo’ldi.
Rajab Tayyib Erdo’g’an, 1997- yili 12- Dekabrda Siirtda xalqga xitob qilish paytida, xalq ta’lim vazirligi tomonidan o’qituvchilarga tavsiya qilingan bir kitobdan she’r o’qigani uchun qamoq jazosiga mahkum qilindi va Istanbul Shahar Hokimi vazifasiga yakun yasadi.
Erdo’g’an, 4 oy qolgan qamoqxonadan chiqqandan keyin yangi partiya tuzish faoliyatlarini tezlashtirdi. 2001- yili 14- Avgustda do’stlari bilan birgalikda Adolat va Taraqqiyot Partiyasini ( Ak Partiyani) tuzdi va Asoschilar Kengashi tomonidan Ak Partiyaning Asoschi Bosh Rahbari etib saylandi. Ak Partiyada 2002- yilida umumiy saylovlarda uchdan ikki parlament ko’pchiligi bilan g’alaba qozonib hokimiyatga keldi.
Haqqida mahkama qarori bo’lgani tufayli 2002- yili 3- noyabr saylovlarida deputat nomzodi bo’la olmagan Erdog’an, amalga oshirilgan qonuniy islohat bilan deputat nomzodligi to’sigi bartaraf etilgach, 2003- yili 9- martda Siirt deputati etib saylandi.
2003- yili 15 mart kuni Bosh Vazirlik Vazifasini o’z zimmasiga olgan Rajab Tayyib Erdo’g’an, Bosh Vazirligi muddatida ko’plab yangilikga imzo qo’ydi. İchki va tashqi siyosatda faol bo’ldi.
Ak Partiyaning rahbariyatida har saylovda g’alaba qozongan Erdo’g’an, 2007 yili 22- iyul umumiy saylovlarda 46.6%, 2011 saylovlarida esa 49.8 ovoz oldi.
Rajab Tayyib Erdo’g’an uyli va 4 nafar farzandi bor.

 Akmaladdin İhsono’g’li


 

 

Saylov Bildirishi:
Prezident nomzodi Akmaladdin Ehsono’g’li nazariyasini izoh etgan hujjat xulosa shunday:
“İchki va tashqi siyosiy muammolarini, o’zaro sevgi, hurmat va to’liq Majlisning hamkorligi bilan hal etish deb bildiradi.
Alavi, Sunniy, Kurt, Turk, Dindor, sekularizatsiya kabi har turli “ ikkilikga qarshi “ birdamlikmning ” mudofaachisi bo’lish.
Prezident va demokratiya qadriyatlari, huquqning oliyligi, kuchlar oyrilig’i, sudiyaning mustaqilligi va tarafsizligi, har turli haq va erkinliklarni himoya qilish xususida kim bo’lsa bo’lsin taraf bo’lish.
Kerdit va kredit karto’chaka qarzlarini uzish no’l darajasida uzish uchun majlisdagi partiyalarni hamkorlikga chaqirish”…
Prof. Akmaladdin Ehsono’g’li kimdir?
1943 yili 16- Dekabr da Qohirada dunyoga keldi. Misrda Hidiviya Letseyini tugatgandan keyin Ayn Shems Universitetida Fan Fakultetini tugatdi.
1970- yilida Turkiyaga keldi va Anqara Universitetida vazifaga boshladi: 1972- yilida Chemist bo’lgan Fusun Bilgich bilan uylandi. Uch farzandi bo’ldi. 1974- yilida Anqara Universiteti Fan Fakltetida dokoranturasini bitirgandan keyin, Buyuk Britaniyada Exter Universitetida dokorantura so’ng’rasi faoliyati olib bordi.
1980 yilida İslom Hamkorlik Tashkilotining tavsiyasi bilan Istanbulda tuzilgan İslom Tarix, san’at va Madaniyat Tadqiqatlar Markazi ( IRCICA)ning rahbari etib saylandi.
1984- yilida Istanbul Universiteti Fan Fakultetiga kirib Professor unvonini oldi.
Ihsono’g’li, 2004-2014 yillari orasida Islom Hamkorlik Tashkilotida Bosh Kotib sifatida vazifa olib bordi.


Selahhatin Demirtosh



Saylov Bildirishi
Prezident nomzodi Salahaddin Demirtosh, maqsadlarini shunday izoh etdi:
“Davlat kichiraygan, yurtdosh ulg’aygan bir sistemani maqad qilib olmoqda. Davlat Tekshirmas Xalq Tekshirish Kengashi bo’ladi.
Kurt muommasining yechimi uchun Turkiya demokratiklashishi bilan ayni zamonda yuritiladigan bir jarayondir. Ona tilida ibodat qilish haqqini tan olishi kerak. Barcha ijtimoiy hayotini erkin bir shaklda amalga oshirilishini himoya qilish kerak. Tashkilotlanishning oldidagi barcha to’siqlar bekor qilinishi kerak.”
Salahattin Demirtosh Kimdir?
Salahattin Demirtosh, 1973 yili 10- aprelda Elzagigning Palu tumanida dunyoga keldi. Uyli va ikki farzandi bor. Anqara Huquq Fakultetini tugatgandan keyin bir muddat advokatlik vazifasi olib bordi.
Demirtosh İnson Haqlari Jamiyati Diyarbakir Bo’limi Rahbariyatining ortidan Turkiya İnson Haqlari Jamg’armasi va Xalqaro Avf Tashkilotining Tukiya Bo’limi Boshqaruvida vazifa olib bordi.
Turkiya Oliy Millat Majlisi 23- Davr Diyarbakir Deputati va 2010- yili va 1- fevraldan e’tiboran Tinchlik va Demokratiya Partiyasi qo’shimcha Rahbarligini olib bordi. 2011- yili 12- İyunda o’tkazilgan 24- Davr Deputatlik Umumiy Saylovida Tinchlik va Demokratiya Partiyasi himoya qilgan mustaqil nomzod sifatida Hakkaridan depuat nomzod bo’ldi va takaror deputat etib saylandi.
2014- yili 22- iyunda saylangan Xalqlarning Demokratik Partiyasi Qo’shimcha Rahbari sifatida siyosiy hayotini davom etirgan Demirtosh, bu partiya tomonidan Prezident nomzodi etib ko’rsatildi.

 



 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar