Turkiya İsroilga samolyot safarlarini to’xtatdi

Turk Havo Yo’llarining İstanbul-Tel Aviv safarini amalga oshirgan 2 yo’lovchi samolyoti Ben Gurion aeroporti yaqinlarida sodir bo’lgan to’qnashuvlar sababli kecha tungi soatlarda İstanbuldagi Otaturk aeroportiga kelib qo’ndi.

68056
Turkiya İsroilga samolyot safarlarini to’xtatdi

İsroilga samolyot safarlari to’xtatildi.
Turkiya İsroilning Tel Aviv shahriga amalga oshiradigan havo safarlarini bugun soat 22:00 dan e’tiboran 1 kun muddat bilan to’xtatdi.
Bundan tashqari, Amerika Qo’shma Shtatlari va ba’zi Yevropa davlatlari ham İsroilga samolyot safarlarini to’xtatdi.
Turkiya Transport, dengizchilik va xabarlashuv vazirligi, “İsroilning Tel Aviv shahrida joylashgan Xalqaro Ben Gurion aeroportidagi xavfsizlik tahlikasi sababli turk samolyotlarining yo’lovchi safarlari soat 22.00 dan boshlab 24 soat mobaynida Havochilik Bosh boshqarmasi tomonidan to’xtatildi”-deya izoh bildirdi.
Turk Havo Yo’llarining İstanbul-Tel Aviv safarini amalga oshirgan 2 yo’lovchi samolyoti Ben Gurion aeroporti yaqinlarida sodir bo’lgan to’qnashuvlar sababli kecha tungi soatlarda İstanbuldagi Otaturk aeroportiga kelib qo’ndi.
Turk Havo Yo’llari matbuot maslahatchisi Ali Gench ijtimoiy media orqali izoh bildirib, “Turk Havo Yo’llari mavjud vaziyatni nazarda tutib, 24 soat mobaynida Tel Aviv safarlarini to’xtatishga qaror berdi”-dedi.
Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Norvegiya, Fransiya va Kanada ham Tel Avivga uchgan samolyot safarlarini to’xtatdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar