Turkiya BMT xavfsizlik kengashida İsroilni qoraladi

Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili elchi Halit Chevik İsroilning Falastin xalqiga nisbatan sodir qilgan hujumlari insoniyatning vijdonini larzaga solganini tilga oldi.

67864
Turkiya BMT xavfsizlik kengashida İsroilni qoraladi

Turkiya Falastin masalasi bo’yicha to’plangan BMT xavfsizlik kengashida İsroilni qoraladi.
Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili elchi Halit Chevik İsroilning G’azoda tinch aholiga, kasalxonalarga va poydevor resurslariga zarar berganini bildirib, Falastin xalqiga nisbatan sodir qilgan hujumlari insoniyatning vijdonini larzaga solganini tilga oldi.
“İsroil Falastinni ishg’ol qilgan holda xalqaro huquqni oshkora oyoq osti qilmoqda”-deya ta’kidlagan Chevik, “Turkiya İsroilni eng og’ir shaklda qoralaydi”-dedi.
Falastinning BMT dagi doimiy kuzatuvchisi elchi Riyad Mansur İsroil harbiylari tomonidan qatl qilingan G’azodagi yosh bolalarning rasmlarini namoyish qildi.
Mansur, “Bu qatl qilingan bolalarning ota-onalari va umidlari bor edi. Bular faqatgina raqamlardan iborat emas, bu bir inson”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar