Yevropa kengashi mutahassislari Turkiyaga tashrif buyuradi

Yevropa kengashi deputatlar majlisining yozma izohiga ko’ra, 21-22 iyul kunlari 6 mutahassis saylov faoliyatlarini tekshirish maqsadida Ankaraga tashrif buyuradi.

132801
Yevropa kengashi mutahassislari Turkiyaga tashrif buyuradi

Yevropa kengashi deputatlar majlisi 10 avgust kuni o’tkaziladigan prezidentlik saylovi oldidan Turkiyaga hay’at jo’natmoqchi.
Yevropa kengashi deputatlar majlisining yozma izohiga ko’ra, 21-22 iyul kunlari 6 mutahassis saylov faoliyatlarini tekshirish maqsadida Ankaraga tashrif buyuradi.
Hay’at tashrifi chog’ida Turkiya Oliy majlis raisi Jemil Chichek, Prezident nomzodlari Bosh vazir R.T.Erdog’an, Ekmeleddin İhsanog’lu va HDP rahbari Selahattin Demirtash bilan Yevropa kengashi deputatlar majlisining Turkiyadagi vakillari, Oliy saylov kengashi, Radio va televideniye oliy kengashi RTUK, turli nodavlat tashkilotlar va boshqa media tashkilot rahbarlari bilan uchrashadi.
Yevropa kengashi deputatlar majlisi hay’ati 22 iyul kuni mazkur ziyoratga doir hisobot beradi.
Yevropa kengashi deputatlar majlisi Turkiyadagi prezidentlik saylovini kuzatish maqsadida yana 30 mutahassisni Turkiyaga jo’natmoqchi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar