O'zdil Nami Yevropa Komissiyasi a’zosi Fule bilan uchrashdi

Nami:"Rumlar bu eski siyosatini takror ko’zdan kechirib, porloq kelajakka yetaklagan yangi siyosatini yo’lga qo’yishi kerak”

123163
O'zdil Nami Yevropa Komissiyasi a’zosi Fule bilan uchrashdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vaziri O’zdil Nami Bryusselda Yevropa Komissiyasining kengayishdan mas’ul a’zosi Stefan Fule bilan uchrashdi.
O’zdil Nami uchrashuvdan so’ng qilgan izohida, Rum tomonning Kiprlik turklarga nisbatan faoliyatlarning kamaytirilishi bo’yicha Yevropa ittifoqiga tazyiq o’tkazganligiga e’tibor qaratdi.
Rus tomonni bu siyosatini o’zgartirishga chaqirgan O’zdil Nami, “Buni noo’rin munosabat deb o’ylayman. Keng miqyosli yechim maqsadiga to’g’ri kelmagan harakat. Bundan voz kechishlari kerak”-dedi.
Orolning shimoliy qismi Yevropa İttifoqiga qanchalik yaqinlashsa, yechim jarayoni ham shunchalik qulaylashishini tilga olgan O’zdil Nami, “Rum tomon Yevropa İttifoqiga yaqinlashuvimizga to’sqinlik qiladigan bo’lsa, muzokara jarayonida katta fursatni qo’lga kiritamiz degan fikrdalar. Holbuki buning aksidir. Buni bartaraf etish uchun avvalo Yevropa ittifoqi bilan ittifoqqa a’zo davlatlarning zimmasiga ham katta mas’uliyat tushadi”-dedi.
Nami “Rumlar bu eski siyosatini takror ko’zdan kechirib, porloq kelajakka yetaklagan yangi siyosatini yo’lga qo’yishi kerak”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar