İroqda asirga olingan turk haydovchilar vatanga qaytdi

Aeroportda haydovchilarni Shanliurfa xokimi İzzettin Kuchuk, Buyukshahar xokimi Jelalettin Guvench va haydovchilarning oilalari kutib oldi.

117223
İroqda asirga olingan turk haydovchilar vatanga qaytdi

10 iyun kuni İroqning Musul shahrida İroq Damashq islom davlati terror tashkiloti tomonidan asirga olingan 32 turk haydovchi kecha tushki paytlarda ozod qilindi.
Jangarilar tomonidan Mahmurga 20 km masofadagi hududga olib kelingan haydovchilar Turkiyaning Erbildagi konsullik xodimlari tomonidan kutib olindi.
U yerdan Mahmur mahalla komitetiga olib borilgan turk haydovchilarning shahsiy xujjatlari tekshiruvdan o’tkazildi.
So’ngra haydovchilar turk konsul Mehmet Akif İnamga topshirildi.
Turk haydovchilar Mahmurdan maxsus avtobusda Erbilga jo’nab ketdi.
Erbilda bir mehmonxonaga joylashtirilgan haydovchilar rasmiy ishlar yakunlangach, havo yo’li orqali Turkiyaga jo’natildi.
32 turk haydovchini olib kelgan samolyot kecha kechki soatlarda Turkiyaning Shanliurfa aeroportiga qo’ndi.
Aeroportda haydovchilarni Shanliurfa xokimi İzzettin Kuchuk, Buyukshahar xokimi Jelalettin Guvench va haydovchilarning oilalari kutib oldi.
Ozod qilingani uchun baxtiyor ekanligini tilga olgan haydovchilarning oilalari ularni qutqarishda mexnati singgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu turk haydovchilarning sog’ligi yaxshi ekanligini ma’lum qildi.
“Qolgan 49 nafar konsullik xodimlarimizni ham yaqinda vatanimizga olib kelish uchun kecha-yu kunduz harakat qilyabmiz”-deya ta’kidlagan Davutog’lu, “Hech narsa fuqarolarimizdan aziz emas. 23 kundan beri birgina umidimiz fuqarolarimizni sog’-salomat Turkiyaga olib kelishdir”-dedi.
Bosh vazir R.T.Erdog’an ham haydovchilarni qutqarish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilganligini tilga oldi.
Erdog’an kecha İstanbulda Anadolu tadbirkorlar jamiyati tomonidan berilgan iftorda so’zga chiqib, davlatning barcha tashkilotlari yaqin hamkorlikda bu masalani hal qilganini aytib o’tdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar