Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi İyun oyi yig'ilishi, Prezident Abdulloh Gul boshchiligida Chankaya Ko'shkida bo'lib o'tdi.

108854
Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Milliy Xavfsizlik Kengashi İyun oyi yig'ilishi, Prezident Abdulloh Gul boshchiligida Chankaya Ko'shkida bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda kun tartibida terrorni bartaraf qilish uchun yechim, Suriya va İroqdagi o'zgarishlar muhokama qilindi.

Milliy Xavfsizlik Kengashi yig'ilishidan keyin berilgan bayonotda, yechim jarayonida mavjud vaziyatning muhokama qilingani bildirildi.

Bayonotda, İroqda maydonga kelgan va o'lkada ta'sirli bo'lgan salbiy o'zgarishlar bilan bir qatorda Turkmanlarning vaziyati ham har tomonlama muhokama qilindi.

Kun o'tgan sayin mazhab to'qnashuviga aylanishga boshlagan shiddat voqealarining hududdagi ta'siri muhokama qilingan yig'ilishda, İroqning tuproq yaxlitligi va siyosiy birligini muhofaza etish uchun İroq xalqiga yordam berishga davom etilishi bildirildi.

Yig'ilishda, İroqda tutilgan Turkiyaning Musul bosh konsulllik xodimlari va Turk haydovchilarning vaziyatini ko'zdan kechirildi.

Yig'ilishda bir boshqa kun tartibi moddasi esa Suriyada davom etgan voqealar edi.

Yig'ilishda, Suriyadagi vaziyatning, o'lka va atrofida, xavfsizlik va barqarorlikga bo'lgan ta'siri, İroqdagi o'zgarishlar bilan aloqali mavzularni muhokama qilindi.

Turkiya-Afrika harbiy aloqalari ham muhokama qilingan yig'ilishda,, Barbaros Turk Dengiz Guruhining Afrika safari haqida kengashga ma'lumot  berildi.

Milliy Xavfsizlik Kengashi tomonidan ommaviy jamoatchilikga bildirilgan baynotda Turkiya-Afrika harbiy hamkorligiga to'xtalib o'tildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar