Arinch "Turkiya o'z fuqarolarini qutqaradi" dedi

Bosh Vazir o’rinbosari Bulent Arinch, “Turkiya albattaki o’z fuqarolarini qutqaradi. Lekin İroq bilan mavjud aloqalar bundan ta’sirlanmasligi kerak” dedi.

97972
Arinch "Turkiya o'z fuqarolarini qutqaradi" dedi

Bosh Vazir o’rinbosari Bulent Arinch, İroqda garovga olingan Turk fuqarolari uchun “Turkiya albattaki o’z fuqarolarini qutqaradi. Lekin İroq bilan mavjud aloqalar bundan ta’sirlanmasligi kerak” dedi.

Kuni kecha Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an boshchiligida bo’lib o’tgan vazirlar kengashi yig’ilishidan keyin jurnalistlarning savollariga javob bergan Arinch, Musul Konsulligidan garovga olingan Turk fuqarolarini qutqarish uchun uchrashuvlar va g’ayratlar davom etganini izohladi.
Arinch, “Biz ham Konsullik xodimlari ham haydovchilar bilan bir shakilda aloqadamiz, ular haqida ma’lumot olinmoqda. Bular to’g’ri ma’lumotlar lekin, fuqarolarimizningvatanlariga qaytishi uchun nozuk harakat qilish kerak” deb ma’ruza qildi.
Turk fuqarolarini qutqarish uchun İroq sobiq Davlat rahbari o’rinbosari Tarik Hashimi ham oralarida bo’lgan ko’p sonda kishining g’ayrat qilganini izohlagan Bulent Arinch, holigacha hududda yashagan yoki mehnat qilgan 100 ming Turk fuqarosi bo’lganni, bularni ommaviy shakilda ko’chirishni tushunmaganliklarini bildirdi.
Arinch, lekin o’lkaga qaytishni istagalar uchun quruqlik va havo yo’llari uchun ma’lum nuqtalar haqida Turk Tashqi İshlar Vazirligining davomli ma’lumot berganini izohladi.

“İroq hukumati konsulligimizni muhofaza etmagan, Musul halqini ham qo’riqlamagandir” degan Arinch, har davlatning tuproqlarida chet ellik vakolatxonalar va ularning xodimlarini qo’riqlash majburiyati bo’lganini izohladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar