Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İroqdagi o’zgarishlar xaqida...

Tashqi ishlar vazirligi:“İroqdan chiqib ketmoqchi bo’lgan turklar uchun Turk Havo Yo’llarining Bog’dod, Basra, Nejef, Suleymaniya va Erbildan samolyot safarlari davom etmoqda"

96412
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İroqdagi o’zgarishlar xaqida...

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi İroqdagi o’zgarishlar xaqida izoh bildirdi.
İzohda İroqdagi to’qnashuvlar tobora avj olib borayotgani va qo’shni davlatlarga ham salbiy ta’sir ko’rsatayotgani bildirilib, “Davlat inqirozga yuz tutgan ahvolda. İroqning janubiy hududlarida asosan shiyalar gavjum yashagan hududlardan shimolga harbiy qo’shin safarbar qilingani va ko’plab ko’ngilsevarlar qo’shin tarkibiga qo’shilayotganligi xaqida turli ma’lumotlar kelmoqda”-degan ifodalarga o’rin berildi.
Mamlakatning katta qismiga ta’sir ko’rsatgan to’qnashuvlarning davom etganligi, xavfsizlik mavzuida hech qanday tartibot yo’lga qo’yilmaganligi va voqealar mazhab to’qnashuvidan iborat ekanligi ifoda etilgan izohda, turklarning xavfsizligini saqlash uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari va notinch hududlarga sayohat qilmaslikka harakat qilishlari tavsiya qilindi.
İroqdan chiqib ketmoqchi bo’lgan turklar uchun Turk Havo Yo’llarining Bog’dod, Basra, Nejef, Suleymaniya va Erbil aeroportlarida samolyot safarlari davom etganligi eslatilgan izohda, İroqda asirga olingan konsullik xodimlari va boshqa turklarni sog’-salomat Turkiyaga qaytarish maqsadida zarur faoliyatlar yuritilganligi ifoda etildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar