Turkmaniston va Qirg’iziston Davlat Rabarlari Turkiyada…

Ertaga Bodrumda bo’ladigan Turkiy Zabon O’lkalar Hamkorlik Kengashining 4. yig’ilishidan oldin liderlar Anqarada rasmiy uchrashuvlar amalga oshirdi.

81177

Turkmaniston Davlat Rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov, Prezident Abdulloh Gul tomonidan Chankaya Ko’shkida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Yakamma-yakka va hayatlararo uchrashuvlardan keyin Gul bilan Berdimuahmmedov, ikki o’lka o’rtasida tuziladigan kelishuvlarni imzolash marosimiga qatnashadi.
Keyinchalik mushtarak matbuot anjumani uyushtiriladi.

Turkiya Oliy millat Majlir Rahbari Jemil Chichek va Bosh Vazir Recep Tayyip Erdog’an bilan alohida-alohida uchrashadigan Turkmaniston Davlat Rahari, Turk va Turkman İsh Forumiga qatnashadi.

Qirg’iziston Davlat Rahbari Almazbek Atambayev ham, Bodrumdagi yig’ilishdan oldin Anqarada uchrashuvlar o’tkazadi.

Chankaya Ko’shkida rasmiy marosim bilan kutib olingan Qirg’iziston Davlat Rahbari, keyinchalik Prezident Gul bilan uchrashadi.

Atambayev, Turkiya-Qirg’iziston Oliy Darajali Strategik Hamkorlik Kengashining ikkinchi yig’ilishiga Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog’an bilan birga boshchilik qiladi.

O’zaro shartnomalar imzolangandan keyin esa matbuot anjumani uyushtiriladi.

Prezident Gul, Chankaya Ko’shkida Atambayev sharafiga tushki, Bedrimuhammedov sharafiga esa kechki ziyofat beradi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar