Erdog’an Putin bilan Telefon orqali uchrashdi

Bosh Vazir Recep Tayyip Erdog’an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kecha telefon orqali uchrashdi.

78073
Erdog’an Putin bilan Telefon orqali uchrashdi

Erdog’an Putin bilan Telefon orqali uchrashdi.

Bosh Vazir Recep Tayyip Erdog’an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kecha telefon orqali uchrashdi.

Bosh Vazirlikdan berilgan bayonotda, o’zaro aloqalar bilan bir qatorda, Ukrainadagi Prezidentlik saylovi va xalqaro masalalar haqqida fikir almashgani bildirildi.

Erdog’anning Ukrainadagi saylov natjalariga hurmat qilgani, masalani dialog bilan yechishning muhim bo’lganiga diqqat qaratgani bildirildi.

Qirim Muxtor hududida yashagan Tatarlarning haq va huquqlarini mudofaa etishning Turkiya jihatidan ahamiyat kasp etganiga diqqat qaratgan Bosh Vazir Erdog’an, Qirim Tatarlarining haqlari va statuyalarining Tatar Majlisi ham bo’lgan yig’ilishda muhokama qilinishi kerakligini ifoda etdi.

Erdog’anning bu doirada, Qirim Tatarlarining lideri Mustafa Abduljamil Qirimog’lu bilan aloqali qarorni bekor qilishni va Qirim Tatar Majlis Rahbari Rafet Chubarov bilan dialogga o’tishning ijobiy bir kirishuv bo’lishini ifoda etgani bildirilmoqda.

İkki liderning Suriya masalasiga ham diqqat qaratgani bildirilgan bayonotda, Erdog’anning, Turkiyaning Suriyada insonlarning nobud bo’lishini to’xtashini istaganini; Damashk boshqaruvining boshqaruvda qolish uchun radikal terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xavfiga qarshi birlikda harakat qilishi kerakligini izohlagani bildirilmoqda.

Erdog’an va Putinning, ikki o’lka o’rtasidagi hamkorlikning strategik ahamiyatiga diqqat qaratib, boshda energiya sohasidagi mushtarak loyihalar bo’lib, tijoriy va iqtisodiy mavzularda kelishuv bo’lgan bo’limlarni hayotga tatbiq etishning ahamiyatiga diqqat qaratgani bildirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar