Turkiya Iroq bosh vaziriga sodir etilgan suiqasdni keskin qoraladi

"7-noyabr kuni Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uchuvchisiz qurolli dronlar bilan uyushtirilgan suiqasdni keskin qoralaymiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Iroq xalqi va davlatining yonida bo'lishda davom etadi”,-deyiladi bayonotda.

1730507
Turkiya Iroq bosh vaziriga sodir etilgan suiqasdni keskin qoraladi

 

Turkiya Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uchuvchisiz qurolli qurilmalar vositasida sodir etilgan suiqasdni keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan yozma bayonot berdi.

Bayonotda,

"7-noyabr kuni ertalab Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy qarorgohiga uchuvchisiz qurolli dronlar bilan uyushtirilgan suiqasdni keskin qoralaymiz. Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Iroq xalqi va davlatining yonida bo'lishda davom etadi”,- degan ifodalarga o'rin berilgan.

Ma'lumki, kecha 7 noyabr kuni Iroq bosh vazirga uchuvchisiz uchish qurilmasi vositasida suiqasd sodir etildi. Hujum uning Bag‘dodning "yashil zonasi"da joylashgan qarorgohida amalga oshirilgan.

Harbiylar portlash bilan yakunlangan hujumni bosh vazirga suiqasd deb atagan. Dastlab al-Kozimiy hujum vaqtida jarohat olgani haqida xabar tarqalgandi, ko‘p o‘tmay bosh vazirni o‘z vaqtida evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lishgani ma'lum bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, dron urib tushirilgan.

Keyinroq al-Kozimiy tvitterdagi rasmiy akkaunti orqali sog‘-salomat ekani haqida xabar qildi.


Tanlangan kalimalar: #Mustafo al-Kozimiy , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar