Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

Muloqotda Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro sa'y-harakatlar, jumladan Kobuldagi xalqaro aeroport xavfsizligini ta’minlashga doir xususlar muhokama qilindi.

1672046
Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muloqot qildi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog’ida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari ko’rib chiqildi. Shuningdek, Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro sa'y-harakatlar, jumladan Kobuldagi xalqaro aeroport xavfsizligini ta’minlashga doir xususlar muhokama qilindi.

Suhbat har doimgidek, samimiy, konstruktiv va do’stona ruhda bo’lib o’tdi. Tomonlar muloqotni davom ettirishga kelib oldi.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar