“Fatih” burg‘ulash kemasi “Türkali – 1” qudug‘ida o‘z faoliyatini boshladi

Turkiyaning birinchi mahalliy burg‘ulash kemasi “Fatih”, “Türkali – 1” qudug‘ida o‘z faoliyatini boshladi.

1522316
“Fatih” burg‘ulash kemasi “Türkali – 1” qudug‘ida o‘z faoliyatini boshladi

Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez “Fatih” burg‘ulash kemasining “Türkali – 1” qudug‘ida o‘z faoliyatini boshlatganini bildirdi.

Fatih Do‘nmez Twitter hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida:

“Qora dengizning Fatihi drelni aylantirdi. Tayyorgarlik faoliyatlari ortidan Türkali – 1 qudug‘ida burg‘ulash ishlarini boshladik. Faoliyatimiz 75 kun davom etadi. Barakali bo‘lsin”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning birinchi mahalliy burg‘ulash kemasi “Fatih”, 19 – oktabr kuni Qora dengizdagi tabiiy gaz zaxirasi faoliyatlari ortidan ta’mirlash ishlari uchun Zonguldak viloyatiga qarashli Chayjuma tumaniga bog‘liq Filyos shaharchasi qirg‘og‘idan uzoq nuqtaga yetgandi.



Aloqador xabarlar