Zelenskiy turkiyalik ba’zi mulozimlarni davlat ordeni bilan taqdirladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Baykar kompaniyasi rahbari Xaluk Bayraktarni davlat ordeni bilan taqdirlash to’g’risidagi qarorni imzoladi.

1479152
Zelenskiy turkiyalik ba’zi mulozimlarni davlat ordeni bilan taqdirladi

 

Ukraina hukumati turkiyalik ba’zi mulozimlarni davlat ordeni bilan taqdirladi.

Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Baykar kompaniyasi rahbari Xaluk Bayraktarni davlat ordeni bilan taqdirlash to’g’risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatda Ukrainaning xalqaro maydonda obro’-e’tiborini ko’tarish va Turkiya-Ukraina munosabatlari rivojiga munosib hissa qo’shganligi munosabati bilan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Baykar kompaniyasi rahbari Xaluk Bayraktar davlat ordeniga loyiq deb topilganligi qayd etildi.

Zelenskiy Kiyevdagi Prezidentlik saroyida Baykar kompaniyasi rahbari Xaluk Bayraktarga davlat ordenini taqdim etdi.

Prezident Zelenskiyga minnatdorlik bildirgan Bayraktar: “Bu ikki mamlakatning do’stona va samimiy munosabatlarini aks ettiradi. Turkiya Ukraina mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan davlat sifatida doimo o’zaro aloqalarga katta ahamiyat berdi”,-dedi.



Aloqador xabarlar