Oʻzbekistonda 2 mingga yaqin turk kompaniyasi faoliyat yuritmoqda

Oʻtgan 2023 - yil holatiga koʻra Oʻzbekistonda 2 mingga yaqin turk kompaniyasi faoliyat yuritmoqda.

2090408
Oʻzbekistonda 2 mingga yaqin turk kompaniyasi faoliyat yuritmoqda

Oʻzbekiston Statistika qo‘mitasi 2023 - yil uchun xorijiy kompaniyalar sonini eʼlon qildi. Unda Turkiya uchinchi qatorda oʻrin oldi.

Oʻzbekiston Statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga koʻra 2024 - yilning 1 - yanvari holatiga koʻra, mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar soni 14 ming 53 taga yetdi. Ularning 4 ming 657 tasi qoʻshma korxona, 9 ming 396 tasi esa xorijiy kompaniyalarning shu’ba korxonalaridir.

O‘zbekistonda eng ko‘p kompaniya ochgan davlatlar Rossiya, Xitoy va Turkiyadir.

O‘zbekistonda eng ko‘p kompaniya ochgan davlatlar orasida Rossiya birinchi o‘rinda turadi. Hozirda mamlakatda 3044 ta Rossiya kompaniyasi mavjud. Rossiyadan keyin Xitoy deyish mumkin. Chunki Xitoyning O‘zbekistonda 2 ming 337 ta kompaniya faoliyat olib bormoqda. Turkiya bu ro‘yxatda uchinchi o‘rinda ekani qayd etildi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekistonda 1883 ta turk kompaniyasi turli sohalarda faoliyat yurtimoqda.

 



Aloqador xabarlar