Ilhom Aliyev AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

Ozarbayjon Prezidentligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Blinken Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi chegaralarni belgilash borasida erishilgan kelishuv munosabati bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan.

2133098
Ilhom Aliyev AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muloqot qildi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida erishilgan kelishuvni qo'llab-quvvatlaydi.
Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan amalga oshirgan telefon orqali muloqotida ma'lum qildi.

Ozarbayjon Prezidentligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Blinken Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi chegaralarni belgilash borasida erishilgan kelishuv munosabati bilan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirgan. Buning AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlanganiga urg'u berilgan.

Aliyevning qayd etishicha, ikki davlat delimitatsiya komissiyasi erishgan kelishuv dialog va oʻzaro anglashuv asosida olib borilgan muzokaralar natijasidir. Chegarani aniqlash ishlarining boshlanishi ijobiy qadam ekanini tilga olgan Aliyev, Ozarbayjonning tinchlikni saqlash bo'yicha qaroriga diqqat qaratdi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, inson huquqlari, energetika, iqlim va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP29) bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #AQSh , #Entoni Blinken , #Ilhom Aliyev

Aloqador xabarlar